Manaslik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

08.07.2022, 15:37

Manaslik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi

O’zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan  tibbiyot birlashmasiga qarashli 27-sonli oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Tadbir davomida “Temir”, “Ayollar” daftarida ruyxatda turgan 28  nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, terapevt, pediatr, kardiolog va boshqa yo‘nalishdagi  malakali shifokorlar  ko‘rigidan o‘tishdi.

Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida 3,2 mln. so‘mlik 8 turdagi dori-darmonlar tarqatildi.

Nafisa ISMATOVA,

O’zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    371
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+