Paxtachining faol pedagoglari O’zLiDePni tanladi

08.07.2022, 15:40

Paxtachining faol pedagoglari O’zLiDePni tanladi

O’zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi tomonidan tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida pedagoglar, partiya faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Ilhom Botirov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Partiya faollari deputatlarning jamiyatimiz hayotining turli jabhalaridagi faolligi, aholi o‘rtasida joylarda turli yo‘nalishlardagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, ko‘pchilikni qiynayotgan dardli muammolarga partiyaviy vositalar bilan yechim topishi, ayollar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari va o‘tkazilayotgan boshqa ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi tadbirlar partiyamizning siyosiy mavqei va obro‘sining oshishiga, partiyaga kirish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda.

 Tadbir yakunida mazkur maktabning 43 nafar faol pedagoglariga partiya a’zolik guvohnomalari va partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Raxmatilla Bobojonov,

 O‘zLiDeP Paxtachi tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

  • Ko'rildi
    371
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+