Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil bo‘lishi xalqimiz xohish-irodasining ifodasidir

08.07.2022, 15:42

Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil bo‘lishi xalqimiz xohish-irodasining ifodasidir

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Markaziy Bank Samarqand viloyat Boshqarmasi hamkorligida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqida belgilab berilgan vazifalar hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O’zLiDePning ishtiroki to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi  Jamila Sayfiddinova ochdi va olib bordi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari Navro‘z Rizayev, G’ayrat Abdiyev, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Xo‘jayorovlar “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi yuzasidan sohalar kesimida ma’lumotlar berishdi.

Ma’ruzachilarning qayd etishicha bosh qomusimizning mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlash,  inson sha’ni va qadr-qimmatini hamma narsadan ustun qo‘yish, sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash va haq to‘lash, ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga ustuvor ahamiyat qaratish, xususiy mulkni himoyalash, tadbirkorlik va investitsiya muhitini yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda konstitutsiyaviy kafolatni kuchaytirishga doir masalalar ham xalqimizni ko‘proq qiziqtirishi ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, mazkur jarayonda nafaqat yuridik sohada muayyan bilim hamda tajribaga ega mutaxassislar, olimlar, balki mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan turli aholi qatlamlari va yoshlar ham faol ishtirok etganligi alohida qayd etildi.

E’tiborlisi, takliflarning 65 foizdan ortig‘i aynan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolardan kelgani buning yaqqol tasdig‘idir. Bunda yoshlar manfaatlari va qiziqishlari inobatga olinib, takliflarni zamonaviy axborot vositalari orqali qabul qilish choralari ko‘rilgani muhim ahamiyat kasb etdi. 

Tadbir ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga qator takliflarini bildirib o‘tishdi.

Jahongir Xo‘jamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    470
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+