Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi tibbiyot xodimlari va mahalla faollari ishtirokida o‘tkazildi

13.07.2022, 12:08

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi tibbiyot xodimlari va mahalla faollari ishtirokida o‘tkazildi

Shu kunlarda "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Buvayda tumani tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova yig‘ilish ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy qonunning ishlab chiqish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Ushbu birlashmaning ishchi xodimlari Konstitutsiyaviy qonun yuzasidan o‘z takliflarini ham bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, Buvayda tumani Ozod mahallasi aholisi vakillari ishtirokida ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha xalq fikrini bilish, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni keng aholiga yetkazish maqsadi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarga aholi vakillari o‘z takliflarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+