Feruza Bozorova quyi bo‘g‘in yetakchiligiga saylandi

15.03.2018, 18:34

Feruza Bozorova quyi bo‘g‘in yetakchiligiga saylandi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli 7-sonli yotoqxonada faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Jo‘rayev ishtirokchilarni Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2018 yildagi ustuvor vazifalari bilan tanishtirdi.

– Partiyaning jamiyatdagi mavqeini oshirish uchun quyi bo‘g‘in yetakchisi faol bo‘lishi kerak, – deydi BPT raisi Feruza Bozorova. – Shu bois ayni chog‘da partiya faollari bilan birgalikda joylarga tushib aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilyapmiz, odamlarning muammolarini o‘rganib, taklif-mulohazalari bilan o‘rtoqlashyapmiz. Eng asosiysi, elektoratimizni o‘ylantirayotgan masalalarni deputatlik korpuslari orqali hal etishga harakat qilyapmiz.

Yig‘ilishda 5 nafar ishchi-xodimO‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilinib, Feruza Bozorova BPT raisligiga qayta saylandi.

J.RUSTAMOV,

O‘zLiDeP Navoiy shahar

Kengashi ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1413
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+