“Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillar konstitutsiyaviy qoida sifatida kiritilmoqda

13.07.2022, 17:31

“Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillar konstitutsiyaviy qoida sifatida kiritilmoqda

Ma’lumki, ayni kunlarda mamlakatimiz miqyosida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov o‘z saylov okrugida aholi o‘rtasida muhokama yig‘ilishlarini o‘tkazib kelmoqda. Navbatdagi muhokama Uchtepa tumani “Jurjoniy” MFY va Xalq ta’limi Uchtepa tuman bo‘limida o‘tkazildi.

Tadbirda deputat Durbek Axmedov Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati borasida keng ma’lumotlar berdi. Xususan, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    490
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+