Konstitutsiyaviy islohotlar: davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolar hamda vatandoshlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi
13.07.2022, 18:37

Bandixon tumanidagi kasb-hunar maktabi boshlang‘ich partiya tashkilotida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi O’tkir Choriyev, nuroniylar, yoshlar va faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
Loyihadagi o‘zgarishlarga to‘xtalinar ekan, xususan migrantlar va ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masala haqida so‘z bordi. Bilamizki, so‘nggi yillarda yurtimizda xorijiy davlatlardagi vatandoshlarimizga munosabat butunlay o‘zgardi. Chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan yurtdoshlarimizni, ularning mamlakatimizda yashayotgan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali chet ellarda yashayotgan fuqarolarimiz va ularning oilalari bilan aloqalar kengaytirilmoqda.
Albatta, ushbu tashabbus to‘xtab qolmasligi uchun vatandoshlar haqida davlat tomonidan g‘amxo‘rlik qilishning konstitutsiyaviy asoslarini yaratish zarur. Shu maqsadda Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoida ham kiritilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.
Tadbirda aholini qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlardagi takliflar ham muhokama qilindi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring