Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida qizg‘in davom etmoqda
14.07.2022, 16:18

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbirlar O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tarkibidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.
-Ayni paytda partiya Jizzax shahar Kengashi tarkibida 8103 nafar maslakdoshlarimizni birlashtirgan 87 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib bormoqda, - deydi O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari Dilnoza Qosimova. – Konstitutsiyaviy islohotlarga oid qonun loyihasi muhokamalariga bag‘ishlab tashkil etilayotgan tadbirlarda partiyadoshlarimiz o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tish bilan birga asosli takliflarni ham bildirmoqdalar.
Shunday tadbirlardan biri Viloyat ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida tashkil etilgan, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Xolida Alimova yetakchilik qilayotgan quyi bo‘g‘inda ham bo‘lib o‘tdi.
Unda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyati, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi Asosiy Qonunimizda belgilanayotgani yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini, bir qancha asosli takliflarini ham bildirib o‘tdilar.
Dilnoza Qosimova,
O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
-
BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
11.09.2023, 16:42
-
“Sanobar Samad Jasmina” MChJda yangi BPT ish boshladi
11.09.2023, 16:30
-
Partiya quyi bo‘g‘inlarida istiqlol tadbirlari davom etmoqda
31.08.2023, 16:29
-
BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29
Fikringizni qoldiring