Bosh qomusimizda oila institutini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan

14.07.2022, 16:47

Bosh qomusimizda oila institutini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan

O’zLiDeP Olmazor tuman Kengashi va “Chustiy” MFY qoshida ochilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti hamkorligida mahalla faollari ishtirokida “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mahallada ba’zi uchrab turgan muammoli masalalar muhokama etildi va galdagi aniq vazifalar belgilanib olindi. Bosh qomusimizda oila institutini mustahkamlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bunda nikoh ayollar hamda erkaklarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat oilani to‘laqonli rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishi, ko‘p bolali oilalarga imtiyozlar hamda ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlashi, bola manfaatlari, bolalarning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligi konstitutsiyada mustahkamlanmokda.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    591
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+