Konstitutsiyaviy islohotlar: Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi

14.07.2022, 16:53

Konstitutsiyaviy islohotlar: Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining  rivojlanishi uchun  shart-sharoit yaratadi

O'zLiDeP Chinoz tuman Kengashi tarkibidagi Buxoro neftni qayta ishlash korxonasiga tegishli sexda tashkil etilgan BPTda o‘tgan navbatdagi ochiq muhokama tadbirida Konstitutsiyaning 53-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati haqida so‘z bordi.

O’zaro ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda partiya tuman Kengashi mas’ullari, xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputati Movluda Saydaliyeva,  Buxoro neftni qayta ishlash korxonasiga tegishli sex rahbari Alisher Axmedovlar mavzu doirasida ma’ruza qilishdi.

Deputat Movluda Saydaliyeva Konstitutsiyaning 53-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida to‘xtalarkan, Konstitutsiyamizning milliy iqtisodiy tizimning asoslarini belgilovchi mazkur moddasining amaldagi tahririda davlatning iqtisodiy tizimdagi ishtirokiga doir asossoluvchi qoida nazarda tutilmagani masalasiga e’tibor qaratdi. Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy jarayonlarni boshqarishga doir konstitutsiyaviy vazifa va funksiyalarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u berdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar davlatning iqtisodiy jarayonlardagi ishtirokini oqilona chegaralar doirasida kamaytirishni, iqtisodiyot tarmoqlarini hududiy va sohaviy kesimda boshqarishda aniq, shaffof va natijaga yo‘naltirilgan mexanizmlardan foydalanishni hamda fiskal dastaklar orqali ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida moliyaviy resurlarni qayta taqsimlashni nazarda tutishini uqtirdi.

Tadbirda ishtirok etgan BPT faollari ham Konstitutsiyaviy Qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi. 

Zuxro Mirzohamdamova,

O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    575
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+