Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shifokorlar ishtirokida muhokama qilindi

14.07.2022, 16:55

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi shifokorlar ishtirokida muhokama qilindi

Chinoz tumani Markaziy shifoxonasidagi O'zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Payzulla Tadjikulov Asosiy Qomusning 40-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilishi bilan har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olish huquqi Konstitutsion darajada mustahkamlanishi ijtimoiy davlatning inson huquqlarini ta’minlashdagi muhim huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilishini bildirdi.

Mazkur moddaga kiritilayotgan yana bir o‘zgartirish davlat, xususiy va boshqa vositalar orqali sog‘liqni saqlash tizimi fuqarolarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam berishini anglatuvchi muhim tamoyil sifatida kiritilayotganini ta’kidladi.

Bunday qo‘shimchalar kiritishga xalqaro normalar, xorijiy davlatlar Konstitutsiyalari, shuningdek fuqarolardan kelib tushgan taklif va tavsiyalar asos bo‘lgani haqida to‘xtaldi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida davlat tibbiy sug‘urtasi tizimiga xususiy tibbiyot tashkilotlarini ham jalb etish, tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati yangi bosqichga chiqishini alohida e’tirof etdi.

Har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqilishi borasida ma’lumot berdi.

Ochiq muloqot tadbirida so‘z olgan boshqa ishtirokchilar ham yig‘ilganlarni Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamalarida faol bo‘lib, uning qabul qilinishi bilan yurtimiz tibbiyot tizimida ro‘y beradigan olamshumul o‘zgarishlar, fuqarolar sog‘ligini saqlashda yuzaga keladigan imkoniyatlarning tag zamirida inson qadri yotgani uchun ham bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O'zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    752
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+