O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashida BPTlar soni yana ikkitaga oshdi

15.07.2022, 15:09

O’zLiDeP Buxoro shahar Kengashida BPTlar soni yana ikkitaga oshdi

Buxoro shahrida bugungi kunda O’zLiDeP ning 89 ta quyi bo‘g‘ini faoliyat olib bormoqda. Yaqinda ularning umumiy soni yana ikkitaga oshdi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari shahar mahallabay va tadbirkorlikni rivojlantirish markazida tashkil etilgan hamda o‘z safiga 65 nafar maslakdoshni birlashtirgan yangi BPT raisligiga Maxmud Tarobiy MFY dagi hokim yordamchisi Umidjon Narziyev saylanib ushbu hududda  ular tomonidan O’zLiDeP ning dasturiy g‘oya va maqsadlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli ishlar olib boriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, Yoshlar ishlari Agentligining Buxoro shahar bo‘limida ish boshlagan boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi Shavkat Sharipov 65 nafardan iborat BPT a’zolari bilan birga kelgusida o‘z maslakdoshlari safini nafaqat ishchi- xodimlari, o‘rta qatlam, tadbirkor va fermerlar, balki aholining  turli vakillari hisobidan kengaytirishni o‘zlarining asosiy  vazifalaridan biri sifatida belgilab olishgan.

E’tiborlisi shundaki Buxoro shahri MFYlarida faoliyati olib borayotgan hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilarining barchasi O’zLiDePni tanladi.

Tashkil etilgan tadbir davomida O’zLiDeP viloyat hamda shahar Kengashi mas’ullari tomonidan har  ikkala  BPT raisiga ham guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.  

Nargiza Halilova,

O’zLiDeP viloyat Kengashi boshlang‘ich

partiya tashkilotlari bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    158
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+