G’ijduvonda “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

15.07.2022, 15:16

G’ijduvonda “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

“Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori osida yoshlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shu jumladan  sport musobaqalari mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tizimli tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 67-maqsadida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda Yoshlar ishlari agentligi G’ijduvon tuman tuman bo‘limi hamkorligida hududdagi “Zarafshon” MFYda joylashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida mahallalardagi 30 yoshgacha bo‘lgan navqiron avlod vakillari o‘rtasida sportning  voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 

Mazkur bellashuvlarda mahallaning 20 nafardan ortiq sportga ixlosmand yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining mahoratlarini namoyish qildilar. 

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda faxrli birinchi o‘rin MFYning "Yangirabot" ko‘chasi jamoasiga, ikkinchi o‘rin esa ”Xonsolor” ko‘chasi yoshlariga, uchinchi o‘rin esa “Shog‘olon” ko‘chasi vakillariga nasib etdi.

Sport musobaqasi yakunida partiya vakillari so‘zga chiqib, g‘olib va sovrindorlarni tabriklar ekan, O‘zLiDePning dasturiy g‘oya va maqsadlari borasidagi o‘z fikr- mulohazalarini bayon etdi.

Partiya Saylovoldi dasturida yoshlar manfaatlari yuzasidan ilgari surilgan tashabbuslar, partiya faollari tomonidan ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, partiyaviy istiqbolli loyihalar va ularning natijadorligi bo‘yicha viloyat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yoshlarga batafsil ma’lumotlar berdi.

Sport tadbiri so‘ngida musobaqa  g‘oliblari va faol ishtirokchilariga O`zLiDeP viloyat Kengashi va hamkor tashkilotlarning diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    631
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+