“Deputat va yoshlar” uchrashuvida yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar muhokama qilindi
15.07.2022, 15:18

Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-sektor hududidagi Bahriobod mahalla fuqarolar yig‘inida «Deputat va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman kengashi deputati va BPT raislari hamda tuman hokimiligi va tumanda faoliyat olib borayotgan tashkilot, muassasa va barcha korxonalar mas’ullari ishtirok etishdi
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan kamchilik va muammolar ham atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda tuman kengashi deputati Jahongir Rizzayev so‘z olib, bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yoshlarni fikrini tinglab ularga mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvlarda 30 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Murojaat va savollar barobarida uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar tuman Kengashi deputatiga o‘z takliflarini ham berishdi.
Deputat murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55
-
Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi
31.01.2023, 16:50
-
Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01
-
Tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
27.01.2023, 18:14
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
Fikringizni qoldiring