Konstitutsiyani takomillashtirish jarayoni O'zLiDeP quyi bo‘g‘inlarida ham muhokama etilmoqda
15.07.2022, 17:14

Marg‘ilon shahar Davlat xizmatlari markazi boshlang‘ich partiya tashkilotida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini isloh qilish jarayoniga bag‘ishlab davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tashkil etilgan tadbirda O'zLiDeP Marg‘ilon shahar Kengashi mas’ullari, BPT faol a’zolari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O'zLiDeP faollarining o‘z o‘rni va yuksak mas’uliyati borligini, mazkur jarayonda ular ham foydali takliflari bilan faol ishtirok etishlari va hududlarda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirishlari zarurligini tinglovchilar ongiga yetkazish, ular savodxonliklarini oshirishdan iboratdir.
Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 64 ta moddasiga 200dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmokda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar “Inson-jamiyat-davlat” prinsipiga asoslangan bo‘lib, milliy konstitutsiyaviy o‘zlikni aks ettiradi va amaldagi Konstitutsiyamizning barcha bo‘limlariga tub o‘zgartishlar kiritiladi.
Shuningdek, Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanadi.
Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida, ushbu muhim hujjatning asosiy bandlarini Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarga moslashtirish zarurligini ta’kidladi.
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring