Konstitutsiyaviy islohotlar: Davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar haqida g‘amxo‘rlik qiladi

15.07.2022, 17:15

Konstitutsiyaviy islohotlar: Davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar haqida g‘amxo‘rlik qiladi

Quvasoy shahridagi “Munis mebel” MChJ boshlang‘ich partiya tashkilotida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

O’zLiDePdan saylangan shahar Kengashi deputati A’zamjon Kostyumov loyihadagi o‘zgarishlarga to‘xtalinar ekan, xususan migrantlar va ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masala haqida so‘z bordi. Bilamizki, so‘nggi yillarda yurtimizda xorijiy davlatlardagi vatandoshlarimizga munosabat butunlay o‘zgardi. Chet elda bilim olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan yurtdoshlarimizni, ularning mamlakatimizda yashayotgan oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali chet ellarda yashayotgan fuqarolarimiz va ularning oilalari bilan aloqalar kengaytirilmoqda.

Albatta, ushbu tashabbus to‘xtab qolmasligi uchun vatandoshlar haqida davlat tomonidan g‘amxo‘rlik qilishning konstitutsiyaviy asoslarini yaratish zarur. Shu maqsadda Konstitutsiyamizga davlat chet elda yashayotgan va ishlayotgan fuqarolarimiz hamda vatandoshlar bilan muntazam aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qiladi, degan qoida ham kiritilayotgani ayni muddao bo‘lmoqda.

Tadbirda aholini qiziqtirgan boshqa yo‘nalishlardagi takliflar ham muhokama qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+