"Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumida 15dan ortiq murojaatlar hal qilindi

16.07.2022, 16:20

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirokida "Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti" forumi tashkil etildi.

Dastavval tadbir ishtirokchilariga «O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolarning 15 dan ortiq murojaatlari qabul qilinib, aksariyati joyida o‘z yechimini topdi.

Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahar “O.Miriy” mahallasida istiqomat qilayotgan fuqarolar kanalizatsiya hamda toza ichimlik suvini yaxshilashda amaliy yordam so‘ragan bo‘lsa, shu mahallada istiqomat qiluvchi oilaviy tadbirkor Sanat Madjidov jihozlar sotib olish uchun imtiyozli kredit so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechim topilishiga alohida e’tibor qaratildi va nazoratga olindi. Ba’zi muammoli masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqariladigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    457
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+