“IT-Park” dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan tanishildi

16.07.2022, 16:24

“IT-Park” dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan tanishildi

Yoshlarning keyingi manzili “IT-Park” Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Sirdaryo viloyati filiali bo‘ldi.

Filial rahbari Oybek Anvarov yoshlarga “IT-Park” da yaratilgan sharoitlarni tanishtirish bilan birga kelgusida rejalashtirilgan vazifalar bilan o‘rtoqlashdi.

Filial rahbarining qayd etishicha, “IT-Park” Sirdaryo viloyati filiali 2019 yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari (IT Center) tashkil qilingan.

Ayni vaqtgacha 4800 nafar o‘quvchilar kurslarni tamomlab IT sertifikatga ega bo‘lishgan. 2022 yil EPAM Systems xalqaro IT-kompaniya bilan hamkorlikda ITPU (IT Park University) ochilishi rejalashtirilgan.

IT-Park Sirdaryo viloyati filialida joriy yilning fevral oyida logistika markazi ochilgan bo‘lib, ushbu markazda 170 nafar ingliz tili mutaxassislari saralanib, shulardan 10 nafar xodim muvaffaqiyatli o‘tib ish faoliyati olib borishmoqda. Shuningdek, Guliston davlat universitetida Inkubatsiya markazi tashkil qilingan. U yerda dasturlashga kiziqishi bo‘lgan yoshlar kelib o‘z ustida ishlash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Avgust oyida Toshkent kimyo-texnologiyalari institutining Yangiyer filialida ham Inkubatsiya markazi ochilishi rejalashtirilgan.

IT-Park Sirdaryo viloyati filialida 8 ta rezidentlar mavjud. IT sohasidagi 18 ta yo‘nalishda ish faoliyat olib borayotgan MChJlar IT-Park rezidenti bo‘lish imkoniyatiga ega.

Tadbir davomida O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jamshid Jalolov so‘zga chiqib ishtirokchilarga partiyaning maqsad-vazifalari va amalga oshirilayotgan ishlar hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasida kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yakunda joriy yilda «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga asosan «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlangan IT-Park Sirdaryo viloyati filiali rahbari, O`zLiDeP faoli Oybek Anvarov va bir guruh yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

  • Ko'rildi
    536
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+