O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” manaslik yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazdi

16.07.2022, 17:54

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” manaslik yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazdi

Prezidentimizning joriy yil 20 yanvardagi Zakovat intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Do‘stlik tumani Manas MFYda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Jamshid Jalolov, mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning viloyat, tuman Kengashi xodimlari va  mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

O’zbek va qirg‘iz millatiga mansub yurtdoshlarimiz o‘rtasida ahillikni yanada kuchaytirishga xizmat qilgan ushbu tadbirda 6 ta jamoa o‘zaro bellashdilar.

G’oliblarga O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida mahalla yoshlarining madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish uchun konsert dasturi ham tashkil etildi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    602
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+