Muloqotlarda yurtdoshlarimizning Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga xayrixohligi yaqqol namoyon bo‘lyapti

16.07.2022, 18:53

Muloqotlarda yurtdoshlarimizning  Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarga xayrixohligi yaqqol namoyon bo‘lyapti

Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvda so‘zlagan nutqida “Inson qadri uchun” ustuvor g‘oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson–jamiyat–davlat” yondashuvini Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda asosiy mezonga aylantirishimiz zarurligini, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerakligini ta’kidladi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamalarida  davlatimiz rahbarining mazkur so‘zlari biz uchun dasturilamal bo‘lishi darkor.  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Dilrabo SDA Textil” xususiy korxonasida o‘tkazilgan,   konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirish, takliflar olishga bag‘ishlangan muloqotda, jumladan, ana shu fikrni ham aytib o‘tdi. Shuningdek, partiya yetakchisi  Bosh qonunni isloh qilish zaruratini yuzaga keltirgan omillar, unga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilishining ulkan ahamiyati, afzalliklari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdi.  Asosiy qonunni takomillashtirish tashabbusi bilan chiqqan O'zLiDeP Konstitutsiyani isloh qilish bilan bog‘liq jarayonlarda faol qatnashayotganiga ham to‘xtaldi. Mamlakatimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz Konstitutsiya takomillashtirilishida g‘oyat faol qatnashishi kerakligiga urg‘u berdi.

Qayd etish kerakki, mazkur korxonada mingga yaqin ishchi-xizmatchi mehnat qilyapti. Ularning aksariyati – yoshlar. E’tiborlisi, muloqot chog‘ida korxona jamoasi vakillari Asosiy qonunga kiritilishi mo‘ljallanayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni, ayniqsa, mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, fuqarolar huquqlarini kafolatlash, korxonalarda ishchi-xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluvchi qoidalarni ma’qullashlarini bildirdilar.  

Tadbirning ikkinchi qismida O’zLiDeP lideri deputatlar, partiya tuzilmalari xodimlari bilan birgalikda korxona faoliyati bilan bevosita tanishdi.   

  • Ko'rildi
    402
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+