Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi keng jamoatchilik orasida davom etmoqda

19.07.2022, 11:45

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi keng jamoatchilik orasida davom etmoqda

Mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarda aholi tomonidan bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini ko‘rsatmoqda.

Mazkur siyosiy jarayon jamiyatning barcha toifalari takliflarini o‘rganish va qabul qilish bilan boshlanganligi ham mamlakatimizda inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilganini anglatadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Shahar 3-son bolalar klinik shifoxonasi va O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qarashli maxsus avtokorxona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda deputat umumxalq muhokamasiga quyilgan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini to‘liq tushuntirib o‘tdi.

Jumladan, fuqarolarning malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishiga, sog‘lom tabiiy muhitga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari kuchaytirilmoqda. Bunda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordam ko‘rsatishning qonunda belgilangan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi qat’iy o‘rnatilmoqda. Davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni kafolatlashi, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratishi belgilanmoqda.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    427
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+