“O‘zLiDeP kubogi” eng munosiblarga topshirildi

19.07.2022, 11:50

“O‘zLiDeP kubogi” eng munosiblarga topshirildi

So‘nggi yillarda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, jahon sport arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan yosh sportchilarni yetishtirish ishiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 67-68-maqsadlarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish hamda yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish vazifasi belgilab berilgani ham fikrimizning yorqin dalilidir.

O’zLiDeP ham mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Partiya Toshkent viloyat Kengashi “Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi” tashabbuskorligida Parkent tumanidagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyatdagi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sportning ITKF Karate-do turi bo‘yicha O’zLiDeP Toshkent viloyat kubogi musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda yoshlar sportini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan siyosat negizida barkamol avlodni yetishtirish orqali millat genofondini yanada mustahkamlash maqsadi yotganini e’tirof etdi. Sog‘lom avlod mamlakat farovonligi va taraqqiyotini amalga oshiruvchi katta kuch ekanini qayd etdi. Bunga yangidan takomillashtirilayotgan Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida ham katta urg‘u berilayotganini ta’kidladi.

Xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida davlat siyosati konstitutsiyaviy asosda mustahkamlanayotganiga alohida urg‘u berdi. Asosiy qonunimizga quyidagi “Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, bolalar hamda yoshlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi” degan qoida kiritilayotganining mazmun-mohiyatini sharhladi. Mazkur qo‘shimcha bilan davlat jismoniy tarbiyani rivojlantirish, shuningdek yoshlar tarbiyasi uchun sharoit yaratish lozimligi aniq ko‘rsatib o‘tilayotganini qayd etdi.

Shuning bilan sportning karate turi bo‘yicha yakkama yakka kurashlarga start berildi.

Yosh kurashchilar odil hakamlar tomonidan kuzatilib, xolisona baholanishdi. 70 dan ortiq musobaqa ishtirokchilari orasidan yosh toifasida finalga chiqqan g‘oliblar orasidan eng munosiblari “O‘zLiDeP kubogi” sohiblariga aylanishdi.

G’olib va sovrindorlar partiyaning esdalik sovg‘alari va kuboklari bilan taqdirlanishdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+