Bosh qomusimizda pedagoglarning maqomi mustahkamlanmoqda

19.07.2022, 11:51

Bosh qomusimizda pedagoglarning maqomi mustahkamlanmoqda

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Qo‘shrabot xalq ta’limi tuman bo‘limida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamila Sayfiddinova “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Mazkur qonun loyihasidagi 41-moddaning to‘ldirilayotgan qismlarini batafsil tanishtirib o‘tildi. Ya’ni davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashishi, har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlashi belgilab qo‘yilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimizning ta’lim sohasini chuqur isloh qilish va sifatini tubdan oshirilayotgani hamda yangi O’zbekiston bunyodkori bo‘lmish yoshlarimizga eng ilg‘or ta’lim dasturlari asosida chuqur bilim olib, kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib ulg‘ayishi uchun keng imkoniyatlar ochib beralayotgani e’tirof etildi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    464
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+