Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazildi
19.07.2022, 11:54

Shu kunlarda "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Qo‘shrabot tibbiyot birlashmasi qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida tashkil etildi.
Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamila Sayfiddinova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Azim Haqqulovlar yig‘ilish ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy qonunning ishlab chiqish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Bosh qomusimizning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.
Ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “inson — jamiyat — davlat”, “Yangi O’zbekiston — ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, o‘zgartishlar sifatli va malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, ta’limni rivojlantirish, xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolik jamiyati institutlarining maqomini va ekologik muhofaza kabi masalalarni konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish bilan bog‘liq.
Qizg‘in davom etgan seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga qator takliflarini bildirib o‘tishdi.
Nasiba Mo‘minova,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Nuroniylar mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda faollik ko‘rsatmoqda
03.10.2023, 10:24
-
O’zbekiston va Germaniya hamkorliginining istiqbollari belgilandi
03.10.2023, 10:01
-
Ayol bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on
29.09.2023, 16:18
-
Davlatimiz ravnaq topishi yo‘lida hech qachon izlanish va intilishdan to‘xtamaymiz
29.09.2023, 16:13
-
Onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozim
29.09.2023, 15:50
Fikringizni qoldiring