Zominda xotin-qizlar ishtirokida konstitutsiyaviy islohotlarga doir qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

19.07.2022, 11:57

Zominda xotin-qizlar ishtirokida konstitutsiyaviy islohotlarga doir qonun loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari tomonidan joylarda konstitutsiyaviy islohotlarga doir qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ko‘plab ochiq muloqot, seminar va tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Zomin  tuman Xotin-qizlar tadbirkorlik markazida bo‘lib o‘tdi. “Bosh qomusimiz – fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy poydevori” deb nomlangan ochiq muloqotda, deputatlar, tuman  Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi xodimlari,  partiya faollari  ishtirok etdilar.

Tadbirda Yangi konstitutsiyaga kiritish uchun taklif qilinayotgan homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish ta’kiqlanishini qat’iy belgilab qo‘yish, Asosiy Qomusimizda bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettirish kabi masalalar qizg‘in muhokama qilinib, to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Primqul Nurmatov,

O'zLiDeP Zomin tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    368
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+