Deputat mahallada saylovchilar qabulini o‘tkazdi

20.07.2022, 14:24

Deputat mahallada saylovchilar qabulini o‘tkazdi

O`zLiDePdan xalq deputatlari Buxoro viloyat va shahar Kengashlari deputatligiga saylangan Halimjon Safarov xalqning ishonchli vakili sifatida aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganib, ularning yechimini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

Deputat H.Safarov o‘zi saylangan okrugidagi “Chorbaxossa” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla tizimida ish boshlagan rais hamda xotin-qizlar faoli faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mahallada kam ta’minlangan oilalar hamda boquvchisini yo‘qotgan nogironlar ro‘yxatini o‘rganib chiqdi.

Shu kuni xalq noibi MFY binosida saylovchilar qabulini ham o‘tkazdi. O’rganish davomida ayni vaqtda bandligi ta’minlamagan yoshlar hamda ko‘makka muhtoj ehtiyojmand oila vakillarining muammaolari bilan atroflicha tanishdi.

Aholini qiynab kelayotgan ayrim muammollarni hal etish maqsadida deputat tomonidan shu kunning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari berildi va bajarilishi nazoratga olindi.

O‘zLiDeP deputatlari xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lib, oddiy odamlarning dardu-tashvishlari bilan yashamoqda. Ularning jonbozligi bois, necha yillardan buyon odamlarni qiynab kelayotgan muammolar qisqa fursatda ijobiy hal etilmoqda. Zero, deputatni xalq saylagan, u saylovchilarning chinakam xizmatkori bo‘lmog‘i lozim.

  • Ko'rildi
    332
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+