“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi Qamashi tuman bosqichi g‘olibi Sayyora Tojiyevaning oilaviy korxonasida muloqot o‘tkazildi

20.07.2022, 14:25

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi Qamashi tuman bosqichi g‘olibi Sayyora Tojiyevaning oilaviy korxonasida muloqot o‘tkazildi

O`zLiDeP Qamashi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi g‘olibi Sayyora Tojiyeva rahbarlik qilib kelayotgan “Mohichehra Ahmedova” oilaviy korxonasida ochiq muloqot tashkil qilindi.

Dastlab, tuman Kengashi apparati rahbari Kamol Shodmonov ishtirokchilarga partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari, partiyaviy loyihalarning mazmun-mohiyati haqida tushuncha berib o‘tdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida 25 nafar xotin-qizni doimiy, 60 nafarga yaqin “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da turgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida bandligini ta’minlashga ko‘maklashib kelayotgan tadbirkor Sayyora Tojiyeva va tikuvchi qizlardan 25 nafari partiya a’zoligiga qabul qilindi va mazkur korxonada Boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi.

  • Ko'rildi
    470
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+