O‘zLiDePning tadbirkorlar anjumani oltinko‘llik hunarmandga bo‘sh binolardan birini “nol” qiymatda olish imkonini yaratdi

15.03.2018, 19:42

O‘zLiDePning tadbirkorlar anjumani oltinko‘llik hunarmandga bo‘sh binolardan birini “nol” qiymatda olish imkonini yaratdi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Oltinko‘l tumanidagi 17-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan “Tadbirkorlar anjumani”da fermer, hunarmand va ishbilarmonlarni qiynayotgan muammolar muhokama etildi.                                                   

Tuman hokimligi, tuman Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, tijorat banklari tuman filiali rahbarlari, tuman prokuraturasi hamda davlat soliq inspeksiyasi tuman bo‘limi mutasaddilarining tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan bo‘lgan ochiq muloqoti qizg‘in tus oldi.

–Hunarmandchilikning beshikchilik yo‘nalishida faoliyat olib boraman, – deydi yosh hunarmand Shohrux Bekmirzayev. – Faoliyatimni kengaytirish maqsadida kredit olishda qiynalyapman. Bundan tashqari, menga foydalanilmay turgan bo‘sh binolardan birini “nol” qiymatda berishsa, milliy hunarmandchilikni yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lardim.

Fuqaroga “Mikrokreditbank” tuman filiali rahbari tomonidan kredit borasida tegishli hujjatlar asosida ko‘mak berilishi aytildi, foydalanilmay turgan bino yuzasidan qilgan murojaati tuman hokimligi vakili tomonidan hal qilinadigan bo‘ldi.

Sevara Tojiboyeva tumandagi 26-maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari. Yosh mudira endilikda nodavlat bog‘cha qurish harakatida. Bu borada u mutasaddilardan tavsiya va maslahatlar so‘radi. Davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, “Xalq banki” tuman filiali hamda tuman prokuraturasi mutasaddisining zaruriy ko‘rsatmalari yosh tadbirkorga qanot bag‘ishlashi shubhasiz.

Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman nafaqat ishbilarmonlar, balki oddiy fuqarolarning ham qator muammolariga yechim topishga zamin yaratdi.

Dilmurod SULTONOV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+