Deputatlar Paxtakor tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining hisobotini eshitdi

20.07.2022, 15:03

Deputatlar Paxtakor tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorining hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori  Behzod Mamatovning hisoboti eshitildi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlaganidek, bugungi kunda tuman aholisi 77 600 nafardan ortiq bo‘lib, shundan 40400 nafardan ortig‘i qishloq joylarda istiqomat qiladi. Rasmiy ishsizlar soni 3410 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yilda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 1400 nafar kishi ish bilan ta’minlangan. Umuman, yil davomida tumanda 16576 ta doimiy va mavsumiy  ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

O’tgan vaqt davomida savdo va servis, oilaviy tadbirkorlikka kredit ajratish, hunarmandchilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga mavsumiy ishchilarni jalb qilish va boshqa yo‘nalishlarda aholi bandligini ta’minlash borasida anchagina ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, 3310 nafar band bo‘lmagan aholi va ishsizlarga, asosan yoshlar, xotin-qizlar hamda  imkoniyati cheklangan shaxslarga malakaviy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Hokim yordamchilarining tavsiyalari bilan 17 nafar fuqaroga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 71,6 million so‘m mablag‘ ajratilib, yengil konstruksiyali issiqxonalar qurib berilgan.

Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, aholi bandligini ta’minlash borasida tumanning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, “o‘sish nuqta”larini aniqlash yuzasidan o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar. Bu borada belgilangan rejalar doimiy deputatlik nazoratiga olinishi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Muhabbat O’rolova,

O’zLiDeP Paxtakor tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    518
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+