Tomorqa - har kishining daromad manbasiga aylanishi kerak

20.07.2022, 15:16

Tomorqa - har kishining daromad manbasiga aylanishi kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP  Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov joylarda konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamalariga bag‘ishlangan talay tadbirlarda bevosita qatnashyapti, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati o‘rganilyapti, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo‘lgan tomorqalardan unumli fodalanish borasidagi ishlar bilan ham tanishyapti.

Partiya yetakchisi Termiz shahridagi "Afghan Bazaar Silk Carpets" MChJ qo‘shma korxonasida bo‘ldi. U yerda ipak va jun mahsulotlaridan gilam ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Korxona yiliga 12,5 ming kv.m gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, loyiha qiymati 7,0 mln dollarni tashkil etadi. Ayni paytda korxonada 100 nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qilmoqda.

A.Xaitov korxonaning ekspert salohiyati va kelgusidagi yangi rejalari bilan yaqindan tanishar ekan, bir yo‘la u yerda ishchilarga yaratilgan sharoitlarni ham o‘rgandi. Korxona xodimlariga tomorqadan unumli foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirib, daromadini oshirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Tadbir ishtirokchilariga tomorqadan unumli foydalanish va unda mahsulotlarni qanday yetishtirish ilmiga oid kitoblar ham tarqatildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    538
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+