Deputatlik eshituvi: Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish DUK faoliyati tahlil qilindi

21.07.2022, 16:35

Deputatlik eshituvi: Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish DUK faoliyati tahlil qilindi

Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish DUK binosida O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi bo‘lib o‘tdi.

Eshituvda deputatlik guruhi rahbari H.Rahmonov, tuman Kengashi apparat rahbari A.Ernazarov, deputat O.Niyazov, yo‘llardan foydalanish DUK rahbari F.Zuhriddinov, partiya faollari va korxona mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Eshituv avvalida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi keng muhokama qilindi. Kiritilgan qo‘shimchalar, o‘zgartishlar mazmun-mohiyati, ularning qanchalik ahamiyatliligi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish DUK korxona rahbari F.Zuhriddinovning 2022 yil yarim yillikda amalga oshirilgan ishlari haqida axboroti eshitildi.

Unda qayd etilishicha korxona tumandagi 133 km umumfoydalanuv avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi tomonidan joriy ta’mirlash ishlari uchun 2,7 milliard, saqlash ishlari uchun 2,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, yarim yillikda 1,5 millard so‘mlik joriy va 1,1 millard so‘mlik saqlash ishlari amalga oshirilgan.

Jumladan, tumandagi “Yangi hayot”, “Ittifoq”, “Nurobod”, “Olg‘abos” mahallalarining ichki xo‘jalik yo‘llari qum-shag‘al aralashmasi to‘kilib, tekislangan. 2022 yilning ikkinchi yarim yilligi uchun rejalashtirilgan ishlar davom etmoqda. Eshituv davomida deputatlar korxona rahbari va mutasaddilarga mavzu yuzasidan savollar berib, kerakli javoblarni oldilar.

Eshituv yakunida deputatlar tomonidan Sayhunobod tuman yo‘llardan foydalanish DUK ning 2022 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari qoniqarli deb topildi.

  • Ko'rildi
    343
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+