Konstitutsiyaviy islohotlarda mahalla fuqarolari raislari ham faol ishtirok etmoqda

21.07.2022, 16:40

Konstitutsiyaviy islohotlarda mahalla fuqarolari raislari ham faol ishtirok etmoqda

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi joylarda keng jamoatchilik va aholi o‘rtasida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O’zLiDePning ishtiroki to‘g‘risida qator tadbirlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkillashtirib kelmoqda. Shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyat Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP viloyat, Samarqand shahar Kengashlari faollari xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, MFY raislari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, viloyat Kengashi deputati Baxtiyor Xo‘jayorov, O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi  raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Ilhom Botirov “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi va Konstitutsiya normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

Muloqot davomida mahalla raislari tomonidan bir qator takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi. Jumladan, ayollar uchun nafaqaga chiqishda ma’lum bir imtiyozlar belgilash, yosh oilalar mustahkamligi uchun moddiy va ma’naviy qulayliklar yaratilishi lozimligi to‘g‘risida va oila institutini mustahkamlash, mahalla instituti rolini oshirish, mehnat huquqlarini kafolatlashni konstitutsiyada yanada mustahkamlash masalalari kabi takliflar bildirildi.

Azim Haqqulov,

 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    493
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+