Maktabgacha ta’lim-tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi

21.07.2022, 17:02

Maktabgacha ta’lim-tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz shahri "Gulira’no" mahallasidagi "Volshebnыy zamok" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. U yerda Termiz shahridagi MTT rahbarlari va muassasa xodimlari bilan uchrashdi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 350 o‘rin ya’ni, 12 ta guruhga mo‘ljallangan bo‘lib, 2021 yil mart oyida tadbirkor Nodir Mamataliyev tashabbusi bilan 7 mlrd. so‘mdan ortiq miqdoridagi mablag‘ evaziga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bunyod etilgan.

Mazkur bolalar bog‘chasi jahon standarti talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy tillarga ixtisoslashgan. Bog‘chada rus, ingliz va yana bir nechta til mukammal o‘rgatiladi. Bundan tashqari mental arifmetika va sport gimnastikasi to‘garaklari bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyati mavjud.

A.Xaitov uchrashuvda Konstitutsiviy qonun loyihasidagi o‘zgartirishlar bo‘yicha tushuncha berdi. Xususan, 41-moddasiga kiritilgan davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashishi, har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlashi haqidagi o‘zgarish xususida ham alohida to‘xtaldi. Maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni to‘liq davlat nazoratida bo‘ladi. Demak, ushbu soha vakillari ham shunga muvofiq ravishda vazifasini sidqidildan ado etishi lozimligini aytib o‘tdi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+