BPTlarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in davom etmoqda

21.07.2022, 17:04

BPTlarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi qizg‘in davom etmoqda

O’zLiDeP Toshkent shahar va Mirobod  tuman Kengashlari hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ qoshida ochilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti hamkorligida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zaxidov, Sanjar Xamidullayev, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Alimov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi xodimlari, deputatlar, partiya faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi hamda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratishdi

 Asosiy qonunimizda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga, «O’zbekiston — ijtimoiy davlat» degan tamoyilni mustahkam qaror toptirishdagi huquqiy zaminni yanada kuchaytirishni ta’minlaydi. Shuningdek, O’zbekistonda erkin va adolatli fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga, insonparvar, demokratik huquqiy davlat barpo etishga yordam beradi. Darhaqiqat, bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    220
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+