Parlament quyi palatasidagi vakillarimiz hukumat hisobotini ma’qulladi

21.07.2022, 18:03

Parlament quyi palatasidagi vakillarimiz hukumat hisobotini ma’qulladi

Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan davlat ahamiyatiga molik ishlarni xalq bilan bevosita muhokama qilish, har bir masalada xalqning fikrini o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Xususan, bir necha yildan buyon Vazirlar Mahkamasi davlat dasturlari bajarilishi yuzasidan Oliy Majlis palatalariga muntazam hisobot bermoqda. Bu jarayonning ulkan ijobiy ahamiyati shundaki, xalqimiz o‘z vakillari, ya’ni deputatlar orqali mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kuzatib, nazorat qilyapti.

Bugun – 21 iyulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda Vazirlar Mahkamasining 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2022 yil birinchi yarim yilligi davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar davlat dasturining ijrosini bandma-band ko‘rib chiqdilar.

Qayd qilinganidek, hukumat hisobotidagi raqamlar, ma’lumotlar Davlat dasturi izchillik bilan amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

 Xususan, O'zLiDePning ustuvor dasturiy vazifalari sirasiga kiruvchi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari yo‘nalishida salmoqli amaliy ishlar olib borilgan.

Hisobotda keltirilishicha, 2022 yilning I yarim yilligida yalpi ichki mahsulotning o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,4 foizni, shundan yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat – 105,1 foizni, xizmatlar – 107,3 foizni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 102,7 foizni tashkil qildi.

Ma’lumki, sarmoyalar iqtisodiyot drayveridir. Partiyamiz saylovoldi dasturida investitsiyalar hajmini oshirish asosiy maqsadlardan biri sifatida bayon qilingan.  Joriy yilning birinchi yarim yilligida 4,5 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 117 foizga bajarilgan. Xususan: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 3,9 mlrd AQSh dollar (ijro 119 foiz), davlat kafolati ostida jalb qilingan xalqaro moliya institutlari
va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari 613 mln dollarni
(103 foiz) tashkil qildi.

Hisobot davrida investitsiya dasturlari doirasida 1,7 mlrd dollarlik 35 ta yirik va ahamiyatli loyihalar hamda 1,4 mlrd dollarlik 4 009 ta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 60,1 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Eksport yo‘nalishidagi ishlar ham alohida e’tiborga molik. Yil boshidan beri respublika bo‘yicha jami 6,9 mlrd dollarlik tovarlar va xizmatlar eksporti amalga  oshirildi hamda o‘tgan  yilning mos davriga nisbatan
128 foizni tashkil etdi. Respublika tarmoqlari tomonidan 5,9 mlrd dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 106 foizga va respublika hududlari bo‘yicha 3,4 mlrd dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz 107 foizga bajarildi.

Shuning barobarida xizmatlar sohasida jami 756 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. O’zini o‘zi band qilish hisobiga 395 mingta va rasmiy sektorga o‘tkazish orqali 128,9 mingta ish o‘rinlari yaratildi. Ushbu ish o‘rinlarining 232 mingtasi 120 mingdan ziyod yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjudlarining faoliyatini kengaytirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan tashkil etildi.

Yana bir muhim yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi. Xususan, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda jadal rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish maqsadida joriy yilda 129,6 ming gektar yerlarni qayta foydalanishga kiritish, lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirish yuzasidan sug‘orish quduqlarini qazish, nasos agregatlarini o‘rnatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Respublikada hududlarida sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya va boshqa tadbirlarni amalga oshirish orqali yerlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha manzilli dasturlar tasdiqlandi. Qayta foydalanishga kiritiladigan 129,6 ming gektar maydonda yetishtiriladigan 1,5 mln tonna mahsulotlar turi va miqdori bo‘yicha manzilli dasturlar ishlab chiqildi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, 21,7 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 112,9 foizga bajarildi.

Fraksiyamiz a’zolari Davlat dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan aniq va asosli takliflarni ilgari surdilar.

Qizg‘in kechgan savol-javoblar, munozaralardan so‘ng parlament quyi palatasidagi vakillarimiz Vazirlar Mahkamasining  hisobotini ma’qulladilar.

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+