Arnosoylik hokim yordamchilari tashabbusi bilan 129 nafar yoshlarga 2 mlrd 809 mln so‘mlik kredit ajratildi

22.07.2022, 16:06

Arnosoylik hokim yordamchilari tashabbusi bilan 129 nafar yoshlarga 2 mlrd 809 mln so‘mlik kredit ajratildi

Arnasoyda yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda partiya “Yoshlar qanoti” guruhi faollari, OAV vakillari, blogerlar hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.

 Dastlab, O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Arnasoy tuman bo‘limi rahbari Behzod Sultonov “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni doimiy ish bilan band qilish, qo‘shimcha daromad olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” mavzusida axboroti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, ayni paytda tumanda yoshlar soni 8139 nafarni tashkil etadi. Bir qator mutasaddi tashkilotlar, shu jumladan xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP Deputatlik guruhi a’zolari sa’y-harakatlari bilan yil boshidan buyon 279 nafar yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida onlayn E-AUKSION savdo platformasi orqali 10 yil muddatga ijara asosida 20 sotixdan jami 55,8 ga sug‘oriladigan yer maydonlari ajratilib berildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda 129 nafar yoshlarga 2 mlrd, 809 mln kredit mablag‘i ajratilib, ularning bandligini ta’minlashga erishildi.

Biroq, hamon aniqlangan ishsiz yoshlar soni 349 nafarni tashkil qilmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun esa, tumanda ichki imkoniyatlar yetarli.

Yoshlarni qurilish, qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlarga jalb qilish, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olingan. Aynan shu o‘rinda, partiya “Yoshlar qanoti” faollari, deputatlarning yordami ayniqsa asqotadi.

Tadbirda tumandagi taniqli tadbirkor va fermerlar bilan yoshlar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’anasini yo‘lga qo‘yish borasida ham fikr-mulohazalar almashildi. Amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    436
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+