Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlar o‘z takliflarini bildirmoqda

22.07.2022, 16:08

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida yoshlar o‘z takliflarini bildirmoqda

Asosiy Qonunimizda yoshlar huquq va erkinliklarining keng qamrovda ko‘rsatilishi davlatimizning yosh avlodga yaratib bergan ulkan imkoniyatlarining yorqin namunasidir.

Vobkent tuman markazidagi Kutubxona zalida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, faxriylar Kengashi a’zosi Baxtiyor Boboqulov  tomonidan «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘grisidagi» Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlagan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda partiyaviy faoliyatida faollik ko‘rsatib kelayotgan “Yoshlar qanoti” ning bir guruh a’zolari, tuman MFYlardagi yoshlar hamda  O’zLiDeP tuman Kengashi huzuridagi faxriylar Kengashi a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda mavzu doirasida so‘z yuritgan mahalliy Kengash deputati, O’zLiDeP tuman Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi a’zosi Baxtiyor Boboqulov va boshqalar konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish davr talabi ekanligi, keyingi 4-5 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub islohotlar, Yangi O’zbekistonni barpo etish borasidagi galdagi dolzarb vazifalar o‘z navbatida asosiy Qomusimiz mazmun-mohiyatiga yangicha yondashishni, ushbu muhim hujjatni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqishni taqazo etayotganligini ta’kidladilar.

Yoshlar yig‘ilish davomida o‘z huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlarga oid davlat siyosati, navqiron avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan yangi Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo‘lgan taklif, tavsiya va fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Zotan, haq-huquqlari Konstitutsiyaviy darajada ta’minlab berilgan yigit-qizlarning Vatanimiz manfaatlari yo‘lidagi faoliyatlari yanada bardavom, samarali, izchil va uzluksiz bo‘lishi o‘z-o‘zidan ayon.

  • Ko'rildi
    417
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+