Deputatlik eshituvi: Bandlikni ta’minlashda ichki imkoniyatlar ishga solinishi kerak!

22.07.2022, 16:11

Deputatlik eshituvi: Bandlikni ta’minlashda ichki imkoniyatlar ishga solinishi kerak!

Xalq deputatlari Qamashi tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar hamda xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ijrosi yuzasidan Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i Asror Avlayevning hisoboti eshitildi. 

Hisobotga ko‘ra yakunlangan yarim yillikda tumanda 2068 ta, shundan investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali 154 ta, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 64 ta, kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga 379 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 1471 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan. Markazga murojaat etgan 378 nafar fuqarolarni muammolari ijobiy hal etilgan.

Yig‘ilishda O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari Panji Nurtoyev va boshqa deputatlar so‘zga chiqib, markaz rahbariyati aholi bandligini ta’minlash dasturlarini tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama etib, chora-tadbirlar belgilab olishi, ichki imkoniyatlardan samarali foydalangan holda yoshlar va xotin-qizlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘rgatish maktablarini faoliyatini zamonaviylashtirish, lalmikor maydonlarda tomchilatib sug‘orishga asoslangan issiqxona, bog‘lar yaratish, milliy hunarmandchilikni rivojlantirish aholi bandligi va farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

Eshitilgan hisobot bo‘yicha joylarda deputatlik guruhi nazorat tahlil faoliyatini tashkil etish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha deputatlarning mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan qaror qabul qilindi.

  Sayfulla IKROMOV,

“XXI asr” muxbiri

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+