Bosh qomusimizda mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda

22.07.2022, 16:21

Bosh qomusimizda mehnat huquqiga doir yangi normalar kiritilmoqda

Samarqand shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi qoshidagi BPT tashabbusi bilan Konstitutsiyaviy qonun loyihasida belgilangan mehnat huquqiga doir davra suhbati tashakil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti katta o‘qituvchisi Jamila Sayfiddinova, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Fazzliddin G’aybullayevlar ishtirok etib, Konistitutsiyaning 37-38 moddalaridagi - mehnat huquqiga doir yangicha normalar jumladan, har kim mehnati uchun hech qanday kamsitilishlarsiz va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish huquqiga ega ekanligi, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashashi uchun yetarli bo‘lishi kerakligi, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanaganligi, har bir ishlovchi ayol homilador bo‘lgan taqdirda va tug‘ish davrida haq to‘lanadigan ta’tilga hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqni parvarish qilish uchun ta’tilga yoki bolani farzandlikka olish uchun ta’tilga chiqish huquqiga ega ekanligi, shuningdek, majburiy mehnatdan va bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish taqiqlanadi hamda bu qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida normalar kiritilishi ko‘zda tutilayotganligi ta’kidlandi.

Xulosa o‘rnida shu aytish lozimki, inson uning qadri, sha’ni, mehnati, mulki, sog‘ligi va boshqa ehtiyojlari davlat muhofazasida va bu to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi uchun konstitutsiyaga kiritilmoqda.

Azim Haqqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    407
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+