Xususiy mulk daxlsizligi qanday kafolatlanadi?

22.07.2022, 16:33

Xususiy mulk daxlsizligi qanday kafolatlanadi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Jarqo‘rg‘on tumani «Qoraqursoq» mahallasi hududidagi 61-maktab binosida shu yerlik aholi, fermerlar, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlar umuman odamlar va jamiyatga qanday naf keltirishi mumkinligi haqida so‘z bordi. Qaysi moddalarga o‘zgartirishlar kiritilayotgani haqida tushuncha berildi. Jumladan, 53-moddada qayd etilgan mulk huquqi to‘g‘risidagi o‘zgarishlar haqida to‘xtalindi. Unda keltirilgan iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi, hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligi muhokama qilindi. Qolaversa, mazkur bandga ko‘ra, mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

Uchrashuvda ishtirokchilar keltirilgan bandlar yuzasidan mulohazalari hamda takliflarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    420
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+