Deputatlik eshituvi: Xorazmda aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, kreditlar ajratish hamda qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

22.07.2022, 16:39

Deputatlik eshituvi: Xorazmda aholini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, kreditlar ajratish hamda qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat, Urganch shahar Kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi, “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi”, “Yoshlar - kelajagimiz” dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xorazm viloyat Bosh boshqarmasining, Xorazm viloyati aholisini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish holati yuzasidan "O’zbektelekom" AK Xorazm filialining, viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xorazm viloyati qurilish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining axboroti tinglandi.

Markaziy bankining Xorazm viloyat Bosh boshqarmasi mas’ullarining hisobotiga ko‘ra “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan joriy yilning shu davriga qadar chorvachilik uchun 36315,1 mln so‘mlik, parrandachilik uchun 21 929,8 mln so‘mlik, issiqxona tashkil etish uchun 9 643,7 mln so‘mlik, tikuchilik yo‘nalishida 41 380,0 mln so‘m, Xizmat ko‘rsatish va servis xizmatlari uchun 104 793,9 mln so‘mlik, Ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha 24 499,7 mln so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilib, buning natijasida 11 570 ta ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Deputatlar tomonidan mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda hali yechimini kutayotgan qator muammolar borligi e’tirof etildi. Kredit olishda haligacha turli sansanorliklar borligi mazkur muammolarni bartaraf etish lozimligi ta’kidlandi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan "O’zbektelekom" AK Xorazm filiali mas’ullarining axboroti ham tinglandi. Unga ko‘ra Xorazm viloyati bo‘yicha Turistik salohiyati yuqori qadimiy tarixga ega mahallalarda Wi-Fi xudularini tashkil etish orqali xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Urganch xalqaro ayeroportida 5 ta nuqta, Urganch temir yo‘l vokzalida 4 ta nuqta, shu bilan birga “Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi doirasida 2020-2022 yillarda Xorazm viloyatini raqamli transformatsiya qilish dasturi bo‘yicha Wi-Fi texnologiyasi yordamida 20ta jamoat joylarida simsiz keng polosali Wi-Fi nuqtalari hamda undan tashqari Xiva temir yo‘l vokzalida 3ta nuqta, Xiva shahri Ichan-qal’a massivida 34ta nuqta Wi-Fi zonalari tashkil qilingan.

Bugungi kunda Internet tarmog‘i bilan qamrov darajasi (aholi punktlari coniga nisbatan) 92 foizga, optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinganlik ulushi (aholi punktlari soniga nisbatan) 98 foizga yetkazilgan.

Deputatlar mazkur sohada ham o‘zlarini qiziqtirgan va saylovchilari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rtaga tashladilar va mutaxassislardan javob oldilar.

Shuningdek, viloyatda qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xorazm viloyati qurilish Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining  axborotiham tinglandi.

 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturiga asosan 2022 yilda viloyatda jami 37 ta ijtimoiy soha ob’ektlarda 75 mlrd. 889 mln. so‘mlik qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilish davomida mutasaddiga deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    474
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+