Yakkabog‘ning ishbilarmon ayoli aniqlandi

22.07.2022, 17:28

Yakkabog‘ning ishbilarmon ayoli aniqlandi

“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Yakkabog‘ tuman bosqichida o‘ttizga yaqin fermer, hunarmand, oilaviy tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari dastavval tumandagi “SITORA IMKON PLYUS” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati, bu yerda xotin-qizlarga  kasb-hunar o‘rgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Birinchi o‘ringa “Turdiyev Doston G’ayratovich” fermer xo‘jaligi raisi Gulshan Berdiyeva loyiq deb topildi. Uzoq yillardan buyon o‘zining tadbirkorlik qobiliyatini namoyon etib, el hurmatiga sazovor bo‘lib  kelayotgan ishbilarmon ayol bunday o‘n yetti yil avval fermer xo‘jaligiga asos solgan edi. Ayni paytda bu yerda 70 ga yaqin ishlovchilar mehnat qilib kelmoqda. Ularning 35 nafari xotin-qizlardir. 118 gektar maydondan har yili mo‘l hosil ko‘tarib, davlat shartnomalarini ortig‘i bilan uddalab kelayotgan fermer ayol zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, qishloq odamlariga namunali xizmat qilish maqsadida bir nechta yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida izlanmoqda.

Anjuman ishtirokchilarida hunarmand ayollar tomonidan namoyish etgan milliy kashtachilik mahsulotlari, kelinlik liboslari, kelin-kuyov sarpolari, ayniqsa, katta qiziqish uyg‘otdi.

 G’olib va sovrindorlarga viloyat hamda Yakkabog‘ tuman kengashlarining Diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sayfulla IKROMOV,

“XXI asr” muxbiri

  • Ko'rildi
    873
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+