40 yillik muammo o‘z yechimini topdi, ko‘chalar asfalt qilindi

25.07.2022, 14:46

40 yillik muammo o‘z yechimini topdi, ko‘chalar asfalt qilindi

58-“Yorboshi” saylov okrugidan Xalq deputatlari Andijon viloyat  Kengashi deputatligiga saylangan xalq vakili Jasurbek Rejavaliyevga  aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Andijon tumanidagi “Qoraqalpoq”, “Iftixor”, “Intizor” mahallalaridagi ichki ko‘chalar 40 yildan buyon asfalt qilinmaganligi sababli yog‘ingarchilik paytda aholiga noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi sababli muammoni hal etishda amaliy yordam berish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Yo‘llar azal - azaldan xalqimizning og‘rini yengillatuvchi bo‘lib  xizmat qilgan. Buni bilgan xalq vakili muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqdi.

Xalq vakili deputatlik vakolati doirasida mazkur muammoga ijobiy yechim topish maqsadida Andijon tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Natijada Andijon tumanning “Qoraqalpoq”, “Iftixor” va “Intizor” mahallalarida 1,1 km ga yaqin yo‘llarga qum shag‘al yotqizilib, ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida olib borilayotgan bu kabi ishlardan mahalla aholisi mamnun ekanliklarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    444
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+