Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish – ustuvor maqsadimiz

25.07.2022, 14:56

Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga ko‘maklashish – ustuvor maqsadimiz

Bugungi kunda hokim yordamchilari institutining tashkil etilgani natijasida mahallabay ishlash tizimi o‘zining amaliy samarasini bermoqda.

Hokim yordamchilari bilan bir qatorda barcha soha vakillari ham hamjihat bo‘lib, hududlardagi muammoli masalalarni yechishda faol ishtirok etishmoqda.

O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi va xalq deputatlari mahalliy Kengashidagi partiya deputatlik guruhi tomonidan hududda mahallabay ishlash va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida so‘z olgan deputatlar joylardagi muammolarni tizimli bartaraf etish, inson manfaatlari himoyasini ta’minlash, qadrini yuksaltirishda olib borilayotgan ishlarning yanada uyushqoqlik bilan tashkil etilishida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham e’tiborga loyiq ekanini ta’kidlashdi.

Tadbirda hududda davlat-xususiy sherikligi asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka ko‘maklashish va o‘qitish markazlari, tadbirkorlik ob’ektlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot ham tinglandi.

Tadbirda mahallalarda yangi institut sifatida joriy qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha shahar hokimi yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilganligi alohida e’tirof etildi.

Hududda barcha darajadagi rahbarlar mahallaga tushib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha muammolarni o‘rganishayotgani va ularga ijobiy yechim topilayotgani,  mahalladagi ishlarning holati vazirlik, idora va hokimliklar darajasida olib borilayotganiga baho berildi.

Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilganligi qayd etildi.

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati tahliliy jihatdan ko‘rib chiqildi.

Olmaliqlik hokim yordamchilarining sa’y-harakatlari natijasida, joriy yil birinchi choragi davomida aholining ishsiz bo‘lgan 2 ming 300 nafari ish bilan band qilingani alohida e’tiborga molikligi ta’kidlandi.

Bundan buyon ham davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada ko‘rsatish, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali mahallalar va ulardagi hokim yordamchilarining xalq oldidagi nufuzini oshirish borasidagi ishlarni yuqori bosqichga olib chiqishda zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    341
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+