Deputatlar tashabbusi bilan 150 nafar ishsiz xotin-qizlar va yoshlar yangi ish o‘rniga ega bo‘lishdi

25.07.2022, 18:55

Deputatlar tashabbusi bilan 150 nafar ishsiz xotin-qizlar va yoshlar yangi ish o‘rniga ega bo‘lishdi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, “ART SOFT HOLDING” kompaniyasi boshqaruvchilari Olimxon va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadda Pop tumanining eng olis chekka hududida bo‘lgan Navbahor mahallasida yillar davomida qarovsiz bo‘lib turgan sobiq kolxoz binosi 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlanib, muhtasham barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy tikuvchilik va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish korxonasiga aylantirildi. Natijada hududdagi "Temir daftar", "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftari" ro‘yxatida bo‘lgan 150 nafar ishsiz aholi qatlamiga yangi ish o‘rni yaratildi.

Tumanimizning eng chekka xududida joylashgan mahallamizda bunday korxonani ishga tushirilishi biz xotin-qizlarni juda ham quvontirdi, - deydi Nilufar Turopova. - Boisi endi biz ish bilan band bo‘lish bilan birga, oilamiz daromadlari ko‘payishiga ham o‘z xissamizni qo‘shamiz. 

Ma’lumot uchun korxona to‘liq ishga tushirilishi natijasida yiliga 3 million AQSh dollari qiymatidagi mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulotlarning 70 foizi Yevropa mamlakatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

  • Ko'rildi
    624
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+