Deputatlar Baliqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisobotini eshitdi

26.07.2022, 16:55

Deputatlar Baliqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbarining hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Baliqchi tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi o‘tkazildi. Unda deputatlar Prezidentning “Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik sub’ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan Baliqchi tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari T.Karimovning axborotini eshitdilar.

Hisobotda ta’kidlanganidek, farmon ijrosi yuzasidan tumanda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

-Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan 6 oyi  davomida tumanda 421 ta korxonalarning muammolari batafsil o‘rganildi,-deydi mutassadi rahbar T.Karimov. - Natijada, soliq xizmati organlari xodimlari ko‘magi bilan 398 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar qat’iy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, hisobotda 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida olib borilgan o‘rganishlar davomida soliq turlari bo‘yicha  231  ta sub’ektning ortiqcha (noto‘g‘ri) o‘tkazilgan 437,6 mln so‘m mavjud ortiqcha to‘lov summasi qaytarib berilganligini aytib o‘tdi. Ta’kidlash joizki, joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kamaytirilganligi to‘g‘risida tadbirkorlar o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari natijasida 6 oy mobaynida 976 ta norasmiy ish o‘rinlari qonuniylashtirildi. Eng muhimi, fuqarolar muqim ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Ayniqsa, turli sabablar bilan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini tiklash borasida joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida samarali ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ana shunday 68 ta korxonaning faoliyati qayta tiklandi. Natijada, 225 yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yig‘ilishda deputatlar Baliqchi tuman DSI boshlig‘ining kun tartibidagi masalalar bo‘yicha olib borgan ishlarini sarhisob qildilar va o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    609
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+