Deputatlik eshituvda bekobodlik hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi

26.07.2022, 16:59

Deputatlik eshituvda bekobodlik hokim yordamchilari faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida Bekobod shahar hokimi yordamchilarining o‘z faoliyatlari davrida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Eshituvda so‘zga chiqqanlar 2022 yilning o‘tgan olti oyi mobaynida Bekobod shahar hokimi yordamchilari tomonidan “xonadonbay” yurish asosida 24 139 ta xonadonlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, shulardan 24 139 tasi (100,0 foiz) onlayn platformaga kiritilgani borasida axborot berishdi.

Shahar iqtisodiyoti drayveri etib ishlab chiqarish, sanoat va xizmat ko‘rsatish qilib belgilab olingani borasida to‘xtalishdi.

Jumladan, “Nurli yo‘l”, “Metallurg” “Paxtakor”, “Samarqand” MFYda aholi asosiy qismi asosan ishlab chiqarish bilan, “O’zbekiston”, “Sayxun”, “Birdamlik” MFYlari sanoat sohasi bilan shug‘ullansa, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik”, “Metallurg”, “Shirin” MFYlarining aholisining asosiy qismi xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishi haqida axborot berishdi.

“Oilaviy tadbirkorlik” yo‘nalishi bo‘yicha dastur doirasida 14,2 mlrd. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan hokim yordamchilari tomonidan 320 ta (8,1 mlrd.so‘m) arizalarga ijobiy tavsiyalar berilgani, qolgan 17 ta arizalar hokim yordamchilari tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida turgani, 269 ta (6,4 mlrd.so‘m) arizalar bo‘yicha kreditlar ajratilgani xususidagi ma’lumot ham tinglandi.

Ishsiz yoshlarni va xotin-qizlarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitish borasida xatlov jarayonida hokim yordamchilari tomonidan kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qish istagi bo‘lgan 754 nafar aniqlangani,  498 nafar ishsiz yoshlar va xotin-qizlar kasb-hunarga, tadbirkorlikka o‘qitilgani to‘g‘risida batafsil hisobot berildi.

182 nafar fuqaro esa Bandlik boshqarmasi tomonidan 316 nafar fuqaro nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan o‘qitilgani ta’kidlandi.

Hokim yordamchilari tomonidan tashkil etilgan yangi tadbirkorlik sub’ektlari soni 340 tani tashkil qilib, shundan, 221 tasi YaTT, 119 tasi yuridik shaxs turkumiga kirishi qayd etildi.

Ishga joylashtirish va o‘zini-o‘zi band qilish yo‘nalishida ham tizimli ishlar olib borilganligi haqida to‘xtalinib, 1124 nafar fuqarolarni doimiy ish bilan, 92 ta jamoat ishiga, 1437 ta o‘zini o‘zi band qilgan,  986 ta shahar ABK  o‘quv markazlarida kasbga o‘qishga yo‘naltirish orqali, jami 3676 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangani alohida dalillar orqali ochib berildi.

Eshituvda tinglangan va muhokama etilgan masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi. Kelgusida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirishda har bir deputatning mas’uliyat bilan ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    570
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+