Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda

27.07.2022, 14:52

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi davom etmoqda

Ma’lumki, ayni kunlarda mamlakatimiz miqyosida “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi o‘tkazilmoqda.

Galdagi muhokama Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati  F.G’aybullayev,  Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o‘qituvchisi, partiya faoli Nilufar Umarova ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni, Konstitutsiyaviy komissiya faoliyati, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Xususan, notiqlar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi amaldagi Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartirishlar hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritishni nazarda tutayotgani, ularning aksariyati mazmun-mohiyatiga ko‘ra, “Inson – jamiyat – davlat”, “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” degan tamoyillarni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquqlarining himoyasi va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga, yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlashga qaratilganini ta’kidlab o‘tishdi.                                               

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    589
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+