“Men ham tadbirkor bo‘laman”: Husniddin Safarovning "SCIENCEWAY" mobil ilovasi va internet saytini yaratish bo‘yicha loyihasi g‘olib deb topildi

28.07.2022, 15:49

“Men ham tadbirkor bo‘laman”: Husniddin Safarovning

Aholini, ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Yoshlar bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish ular orasida  qonunbuzarlik va boshqa salbiy holatlarning oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan amalga oshirib kelinayotgan “Men ham tadbirkor bo‘laman”  loyihasining o‘quvchi-talabalar va yoshlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ularni biznes yuritishga o‘rgatish hamda yoshlarning biznes tashabbuslari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, band bo‘lmagan ishsiz yoshlarni foydali mehnat faoliyatiga o‘rgatishda o‘ziga xos munosib o‘rni bor.

Mazkur loyiha doirasida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichida  o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan hamda tadbirkorlikka  qiziqishi bo‘lgan  yoshlarning biznes rejalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari hamda soha mutaxassislari ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan biznes rejalarni  ko‘zdan kechirar ekanlar,unda  yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tuzatilib, biznes rejalarni ishlab chiqish va tadbirkorkorlik faoliyati soxasidagi qonunchilik asoslari bo‘yicha batafsil tushuntirish berib o‘tildi.

Tanlovning  viloyat bosqichida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti ikkinchi bosqich talabasi Husniddin Safarovning "SCIENCEWAY" mobil ilovasi va internet saytini yaratish bo‘yicha loyihasi g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘llanma olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

  • Ko'rildi
    195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+