“Yashil shahar” fusunkorlik kasb etmog‘i kerak!

28.07.2022, 15:52

“Yashil  shahar” fusunkorlik  kasb  etmog‘i kerak!

Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish departamenti rahbari Nurbek Sattorovning hisoboti eshitildi.

Unda ta’kidlanishicha, shahar ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilayapti. “Qoziguzar” va “Kamolot” MFY uchun yangi binolar qurilmoqda. “Do‘stlik” va “Kesh” mahallalari irrigatsiya tizimi ta’mirlanib, piyodalar yo‘lakchasi qurilib, ko‘chalar obodonlashtirildi. Qabristonlarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar ko‘chalariga 2152 tup “Eldor sasna” daraxt ko‘chatlari ekildi.

Hisobot yuzasidan so‘zga chiqqan deputatlar shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, kanalizatsiya tizimlarini ishga tushirish, ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish uchun oqova suv keltirish, memoriy obidalarni asrash yuzasidan yoshlar o‘rtasida tushuntirish - targ‘ibot ishlarini kuchaytirish  zarurligini aytib o‘tdilar. Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan yig‘ilish qarori qabul qilindi.

Guruh yig‘ilishida O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi tashkiliy-partiyaviy va kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Sarvar Bekmurodov ishtirok etdi va guruh a’zolari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

  • Ko'rildi
    395
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+